Sergelidagi sex yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 avgust kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi paralon sexi yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

9 avgust kuni soat 12:23da, Toshkent shahar Sergeli tumani, Obihayot ko‘chasi 1-uy, Sergeli kichik sanoat zonasi xududida joylashgan paralon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 7 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 12:28da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:50da qurshab olingan. Soat 13:04da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘indan sex binosining 5000 kv metr maydondagi qurilmalari  saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 150 kv metr maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing