Sergelidagi yong‘in bojxona omborida bo‘lgani aytildi  

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi bojxona omborida yong‘in bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, “Inter logistiss” MCHJga qarashli omborda sodir bo‘lgan yong‘in ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Muhokamalarda yong‘in ob’ekti bojxona inshooti sifatida talqin qilinmoqda. 

“Ta’kidlash joizki, mazkur omborning ma’lum bir qismi bojxona ombori maqomiga ega”, deydi Husan Tangriyev.

Tangriyevga ko‘ra, bojxona ombori tadbirkorlik sub’ektlarining litsenziyalanadigan  faoliyat turiga kiradi. 

“Bunda ombor egasi – tadbirkorlik sub’ekti boshqa tadbirkorlarning O‘zbekistonga olib kelingan tovarlarini, sodda qilib aytganda, hali “rastamojka” qilinmagan tovarlarni o‘zaro kelishuv asosida bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanguniga qadar saqlab turadi”, degan u.

Bildirilishicha, dunyo amaliyotida bu kabi omborlar bojxona ombori deb yuritiladi. Hozirda O‘zbekistonda tegishli litsenziyaga ega 400 ga yaqin bojxona omborlari faoliyat yuritmoqda.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, bojxona omborlari, xususan yong‘in sodir bo‘lgan ombor ham bojxona organlarining bino va inshootlari sirasiga kirmasligini eslatib o‘tamiz”, deydi Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Sergeli Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing