Sergelida yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir qismi qulab tushdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan yig‘ma devorning bir qismi qulagani to‘g‘risida video tarqaldi. Tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlikning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 21-24 may kunlari kuchli shamol esishi to‘g‘risida ogohlantirgan. 

“Shu bilan birga mazkur hudud bo‘ylab, ushbu devor ortida katta ochiq maydon bo‘lganligi sababli, shamol bir muncha kuchli bo‘ldi.

Sergeli tumani hokimligi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kamchilik pudratchining  devorni mustahkam o‘rnatmaganligi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli pudratchi o‘z hisobidan devorni ta’mirlashga kirishdi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Tuman ma’muriyati keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing