Sergelida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 10 yanvar kuni soat 00:28 da, Sergeli tumani, Lutfikor 1-tor ko‘chasi 1-uyda joylashgan, “Sergeli kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK hududida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Sergeli KSZ hududida ijarada faoliyat yuritayotgan MCHJga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqarish sexi va binoning tom qismi 900 kv m maydonida yongan. 

Yong‘indan binoning 1000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:33 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:20 da qurshab olinib, soat 03:40 da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.  Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing