Sergelida taksi haydovchisida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, kecha, 11 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 118 ta holat qayd etilgani, bemorlarning 39 nafari aholi orasida aniqlangani haqida xabar bergan edik.  

Hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, bemorlar Navoiy viloyatida 18 nafar, Toshkent shahrida 17 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Toshkent viloyatida 1 nafarni tashkil etmoqda.

Misol uchun, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroda (ishga kirish maqsadida tahlildan o‘tgan), Shayxontohur tumanidagi “MEDIA PARK” savdo majmuasi yana bir sotuvchisida, Yunusobod dehqon bozorining yana 6 nafar sotuvchisida, Sergeli tumanida kasalligi tasdiqlangan taksi haydovchisining otasi va ukasida koronavirus aniqlangan.

Bugun, 12 iyun kuni soat 10:00 ga qadar kasallik aniqlangan 78 nafar bemordan 7 nafari aholi orasida qayd etilgan. Jumladan, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro (tana harorati ko‘tarilib, shifoxonaga murojaat qilgan), Jondor tumanida yashovchi fuqaroda (shu tumandagi “VET-FARM” MCHJ sotuvchisi) hamda Vobkent tumanida yashovchi fuqaroda (tana harorati ko‘tarilgani sababli tahlil topshirgan), shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing