Sergelida spirtli ichimliklar do‘koni va sartaroshxona yonib ketdi
3-sahifa
−
21 aprel 2023
5703Kecha, 20 aprel kuni Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni va sartaroshxonada yong‘in kelib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in Sergeli dehqon bozorida sodir bo‘layotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz deb topildi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Keltirilishicha, Toshkent shahri FVBning Tezkor boshqaruv markaziga poytaxtning Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan spirtli ichimliklar do‘koni va sartaroshxona binolarining ayvon qismida yong‘in sodir bo‘lgani haqida soat 22:18 da qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikalari zudlik bilan yetib borib, soat 22:36 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
“Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki ushbu yong‘in Sergeli dehqon bozorida sodir bo‘lmagan”, deyilgan xabarda.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi