Sergelida “dom”da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
27 yanvar 2022
6543Toshkent shahri Sergeli tumanida ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan biri yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 27 yanvar kuni 12:47 da “Yangi Sergeli” MFY Sergeli 8-A dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birida sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning 3 kvadrat metr maydonida oshxona jihozlari yonib zararlangan. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi