Serbiyadagi tartibsizliklar ortida kollektiv G‘arb turibdi – Rossiya TIV
Olam
−
25 dekabr 2023
5935Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Belgraddagi tartibsizliklar ortida kollektiv G‘arb turganini aytdi. Bu haqda u mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi.
“Kollektiv G‘arbning “Maydan to‘ntarishlari” usullaridan foydalangan holda mamlakatdagi vaziyatni silkitishga urinishlari yaqqol ko‘rinib turibdi”, deydi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoning yagona yechimi – bu konstitutsiyaga qat’iy rioya qilish, milliy manfaatlar uchun ovoz bergan Serbiya xalqining tanlovini hurmat qilish.
Ma’lumot uchun, Serbiyada ommaviy namoyishlar 18 dekabr kuni kechqurun boshlangan. 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalaridan rozi bo‘lmagan muxolifat Belgrad markazidagi Respublika saylov komissiyasi binosi yonida bir qator mitinglarni boshladi va ular hozirgacha davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 dekabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad markazida 2,5 mingga yaqin odam namoyishga chiqqan, ularning 1,2 mingga yaqini shahar ma’muriyati binosiga bostirib kirishga uringandi.
LiveBarchasi