Serbiyadagi eng yirik savdo markazi yonib ketdi

Olam

image

Serbiya poytaxti Yangi Belgraddagi eng yirik savdo markazlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda mahalliy RTC kanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, olov bilan kurashga 50 ta texnika va 125 ta o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan bo‘lib, ular 7 soat davomida olovni o‘chirishga harakat qilgan. 

Hozirga qadar olov tarqalishi to‘xtagan, ammo birinchi qavatda hamon yong‘in davom etyapti. Yong‘inni to‘liq o‘chirish yana ikki yoki uch kun davom etishi mumkin.

Voqea guvohlarining aytishicha, dastlab binoda qattiq portlash ovozi eshitilgan, so‘ng savdo markazidan qora tutun va olov osmonga ko‘tarilgan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 

"Biz savdo markazining bir qismini qutqarish uchun qo‘limizdan kelganini qildik, lekin vaziyat juda yomon edi", dedi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Luka Cheausich.

Savdo majmuasining tepa qismida bo‘lgan yonuvchan materiallar va matolar yong‘inni avj olishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, tom bo‘ylab tarqalgan olov o‘t o‘chiruvchilarning ishini yanada murakkablashtirgan. 

Quvonarlisi, yong‘in yuk to‘la mashinalar turgan joyga yetib bormagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing