Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi
Jamiyat
−
15:55 741 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlat rahbarini samimiy qarshi olgan.





Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangragan, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berilgan.


Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida O‘zbekiston rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Live
Barchasi