Serbiya Prezidentiga suiqasd tayyorlangani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
09 fevral 2021
3331Serbiya politsiyasida mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchichga suiqasd tayyorlanayotgani to‘g‘risida tezkor ma’lumot mavjud. Suiqasd Belgradda 27 yanvar – o‘rta asr Serbiya davlati asoschisi Stefan Neman yodgorligi ochilgan kuni sodir bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Serbiya Jinoiy politsiya bo‘limi boshlig‘i Bogdan Pushich ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Belgraddagi yodgorlikning ochilish marosimida uning hayotiga suiqasd qilishga urinishgani sababli 850 dan ortiq maxsus kuchlar davlat rahbarini himoya qilish uchun qatnashgan.
Joriy yilning 4 fevral kuni Serbiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus operatsiya davomida Belgradda uyushgan jinoiy guruhning 17 a’zosini hibsga oldi. Uyushgan jinoiy guruh futbol muxlislari guruhi sifatida niqroblangan, shuning uchun hibsga olishlar va tintuvlar “Partizan” va “Raiko Mitic” stadionlarida (“Srvena Zvezda” klubining uy arenasi) bo‘lib o‘tgan.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, guruhga tegishli kvartiralardan ikkita snayper miltig‘i topilgan. Hibsga olinganlar qotillik, odam o‘g‘irlash, tovlamachilik va giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda. Shu bilan birga, hibsga olinganlarning Vucichga qilingan suiqasdga aloqadorligi to‘g‘risida aniq tasdiqlangan ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aleksandr Vuchich o‘tgan yilning 20 oktyabridagi xalqqa maxsus murojaatida mafiyaga qarshi urush e’lon qilgandi. Keyinchalik Serbiya Prezidenti jinoyatchilar davlatni mag‘lub eta olmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi