Sentyabrdan hokimliklar jamoatchilik oldida elektron hisobot beradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (yagona reyestr)ga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining axborot tizimlari va axborot resurslari kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlariga yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlaydigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanish taqiqlanadi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.

2021 yil 1 yanvarga qadar yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilishining  monitoringini olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim hisobot

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing