Sentyabrda necha kishi koronavirusdan o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Sentyabr oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan 154 nafar, pnevmoniyadan 58 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174879 (+471) nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 471 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
•    15 nafari Andijon viloyatida,
•    10 nafari Buxoro viloyatida,
•    9 nafari Jizzax viloyatida,
•    6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
•    5 nafari Navoiy viloyatida,
•    15 nafari Namangan viloyatida,
•    44 nafari Samarqand viloyatida,
•    12 nafari Sirdaryo viloyatida,
•    3 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    28 nafari Farg‘ona viloyatida,
•    11 nafari Xorazm viloyatida,
•    102 nafari Toshkent viloyatida,
•    192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: 

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 19 nafar,
•    Andijon viloyatida 7 nafar,
•    Buxoro viloyatida 10 nafar,
•    Jizzax viloyatida 17 nafar,
•    Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
•    Namangan viloyatida 14 nafar,
•    Samarqand viloyatida 38 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
•    Xorazm viloyatida 13 nafar,
•    Toshkent viloyatida 110 nafar,
•    Toshkent shahrida 222 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 169866 (+495) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1245 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing