Sentyabrda qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 2025 yilning sentyabr oyida qanday ob-havo bo‘lishi haqida taxminiy prognozlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, oyning birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Kechalari va erta tongda 15-20 daraja bo‘lgan haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isitadi.

Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha harorat kechalari 15-20 dan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajadan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Sentyabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda (1-2 kun) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun sentyabr oyidagi eng yuqori harorat 2013 yil 25 sentyabrda qayd etilgan bo‘lib, u 40 darajani tashkil etgan. Sentyabr oyida kunduzgi harorat 22-25 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq bo‘lgan davrlar har yili ham kuzatilmaydi va odatda u juda qisqa muddatli bo‘ladi. Ayrim yillarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarida (eng chekka janubiy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida havoda erta kuzgi sovuq kuzatiladi. Eng sovuq (me’yordan 2-3,5 darajaga past) sentyabr oylari 1930 va 1931 yillarda, so‘nggi o‘n yillikda esa 1992 va 1994 yillarda qayd etilgan.

Eng iliq (me’yordan 1,5-3,5 darajaga yuqori) sentyabr oylari esa 2013, 2016, 2021, 2022 yillarda kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir O'zgidromet harorat sentyabr' oyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing