Sentyabrda eng arzon osh qayerda tayyorlandi?
Jamiyat
−
01 Oktabr 2022 8015 1 daqiqa
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda eng qimmat osh Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi (2022 yil sentyabr oyi uchun):
Toshkent shahri – 25 800 so‘m;
Jizzax viloyati –22 000 so‘m;
Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;
Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
Samarqand viloyati – 21 300 so‘m;
Andijon viloyati – 20 800 so‘m;
Xorazm viloyati – 20 800 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 20 700 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 19 800 so‘m;
Navoiy viloyati – 19 000 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18 000 so‘m;
Namangan viloyati – 15 000 so‘m.
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.