Palov indeksi: eng qimmat va arzon osh qayerda sotiladi?

Jamiyat

image

2022 yilning fevral holatiga eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statqo‘m tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari (2022 yil fevral oyi uchun):

Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m;
Andijon viloyati – 18 400 so‘m;
Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
Jizzax viloyati –19 000 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
Navoiy viloyati – 15 500;
Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m;
Toshkent viloyati – 20 500 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 17 800 so‘m;
Xorazm viloyati – 19 400 so‘m;
Toshkent shahri – 24 800 so‘m.

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

palov indeksi

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing