Sentyabr oyi boshida havo issiq bo‘ladi
Jamiyat
−
31 avgust 2022
17517Gidrometeorologiya xizmati markazi prognozlarida keltirilishicha, kuzning sentyabr oyi dastlabki pentadasi (besh kuni) issiq keladi.
2-4 sentyabr kunlari havo harorati maksimumi respublikanining shimoliy va markaziy viloyatlarida +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiqlikka ko‘tariladi.
O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatovga ko‘ra, mintaqadan antitsiklonning chekinishi sabab G‘arbiy Yevropani uzoq muddat qizitgan, issiqroq havoning g‘arbdan asta kirib kelishi uchun sharoit yuzaga kelyapti.
Mazkur issiqroq havo to‘lqini 4 sentyabr kuni respublikaning sharqiy qismi vodiy viloyatlariga ham +37 darajalik issiqlikni taqdim etishi mumkin.
LiveBarchasi