Sensatsiya! Ispaniya JCH debyutantini yenga olmadi
Sport
−
15 iyun 3055 1 daqiqa
Bugun, 15 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “H” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda ispaniyaliklar mundial debyutantiga qarshi 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
AQSHning Atlanta shahridagi “Mersedes-Bens” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda hisob ochilmadi va jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mazkur o‘yinda Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Jahon chempionati final bosqichidagi debyutini nishonladi. U 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Ushbu natijadan so‘ng Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari hisobida bir ochkodan mavjud bo‘lib, “H” guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Guruhning yana bir 1-tur uchrashuvida Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Endilikda Ispaniya 2-turda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushsa, 3-turda Urugvay bilan kuch sinashadi. Kabo-Verde esa navbatdagi turda Urugvayga qarshi o‘ynaydi, guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini esa Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi