“Seniki ham emas, meniki ham”. Jizzaxda aka ukasiga berilgan otxonani yoqib yubordi

3-sahifa

image

Jizzaxda otxona ukasiga berilganidan norozi aka unga o‘t qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumani “Nurafshon” mahallasida yashovchi fuqaro A.J. o‘zining otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini o‘g‘li A.S.ga bergan.

Bundan norozi bo‘lgan katta o‘g‘il S.A. otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan.

Oqibatda qiymati 102 million so‘mlik 17 bosh ot hamda 145 million 700 ming so‘mlik beda g‘arami yonib ketgan. Shuningdek, otxonaning tom qismiga ham o‘t ketgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

657

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing