Senatorlar ham Prezidentning achchiq tanqidlaridan bebahra qolmadi
Jamiyat
−
21 iyun 2019
7784O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi davom etmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Yalpi majlisda Parlament a’zolari ham davlat rahbarining achchiq tanqidlaridan panada qolgani yo‘q. Bu haqda yalpi majlisdan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlament faoliyatiga e’tibor qaratib, Senatni faolroq bo‘lishga chaqirdi va qonun ijodkorligida jonbozlik ko‘rsatish kerakligini aytib o‘tdi.
Prezident amaldagi Parlamentga mustaqillikning dastlabki yillaridagi parlamentni namuna qilib ko‘rsatdi.
“Shunchaki qarsakbozlik, ovoz berib o‘tirishingiz menga ma’qul emas. Mustaqillikning dastlabki yillarida parlamentda qizg‘in muhokamalar bo‘lardi. Deputatlar olib borib, olib kelardi”, deydi Mirziyoyev.
Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, Parlament a’zolarining oyog‘i yerdan uzilgani, ular xalq muammolarini o‘rganmayotganiga sha’ma qildi.
“Har kuni yarim soat ajratib, kimligingizni tahlil qilib ko‘ring. Bo‘yinbog‘ni yechib, ko‘ksingizdagi znachokni bir chetga qo‘yingda viloyatlarga boring. Bir oyda bitta tumanni namunali qilib beringlar”.
Davlat rahbari O‘zbekistonni xorijiy mamlakatlarga o‘z eshiklarini ochgani, ammo vaziyatni Parlament umuman tahlil qilmayotganini aytdi:
“Importning oshishi yaxshi emas. Import nima degani? Import – boshqa davlatning odamiga oylik to‘lash degani. Mana, davrozalarni ochdik. Odamlar kerak narsani ham, kerakmas narsani ham olib kelyapti. Parlament bularni ko‘rib chiqib, tahlil qilib, qaysidir import mahsulotlarga tariflarni oshirish bo‘yicha taklif kiritmaydimi?”
Senat yalpi majlisi davom etmoqda.
LiveBarchasi