Senator dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish va radikallashuvga qarshi choralar ko‘rilishini aytdi

Jamiyat

image

Senat jamiyatda radikallashuv, yoshlar ongini buzg‘uvchi yot g‘oyalar bilan zaharlash, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishning oldini olishga qarshi kurash olib boradi. Bu haqda bugun, 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Senatning 36-yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi. 

“Hamkor tuzilmalar, vazirlik va idoralar bilan birgalikda radikallashuvning oldini olish, yoshlarimizni turli illatlar ta’siridan asrash bo‘yicha mavjud huquqiy baza va amaliy tahlillar asosida eng ta’sirchan samarali mexanizmlarni joriy etamiz. 

Dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga qaratilgan har qanday urinishning oldini olish bo‘yicha, kerak bo‘lsa, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ul idoralarga ham, qo‘mitamiz a’zolariga ham zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi”, deydi senator. 

Uning qayd etishicha, bu boradagi faoliyat mavjud vaziyat va aholi xohish-istaklari asosida muntazam takomillashtirib borilmoqda. 

U yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish doimiy e’tiborda ekanini urg‘uladi. 

“Ayniqsa, tugayotgan yilda bizga yaqin davlatlarda ro‘y berayotgan noxush voqealar fojialar bu borada quruq gaplardan amaliy ishlarga o‘tish vaqti kelganini ko‘rsatdi”, deydi Burxonov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing