Senatning 2022 yildagi so‘nggi yalpi majlisi boshlandi
Jamiyat
−
27 dekabr 2022 8616 2 daqiqa
Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida joriy yilning 27-28 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yalpi majlisda:
• “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi, “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
• “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi;
• “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi;
• “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.
Live
Barchasi