Senat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida harbiy hadli Bitimni ratifikatsiya qildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Bitim 2022 yil 29 mart kuni Turkiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan. Bitim harbiy tayyorgarlik va harbiy ta’lim, mudofaa sanoati hamkorligini rivojlantirish, logistika sohasidagi hamkorlik, kartografiya va gidrografiya, minalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalarga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligining yillik rejalariga kiritiladi.

Muhokama chog‘ida Bitimning ratifikatsiya qilinishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab qilmasligini, Bitim doirasida tashkil etiladigan barcha tadbirlar esa har yili Mudofaa vazirligiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida amalga oshirilishi qayd etildi.

Qonun senatorlar  tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing