Senat o‘z ishini boshladi. Yalpi majlis ilk bor yangi binoda o‘tkazilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Suratlardan ko‘rinib turibdiki, Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan yangi binoda bo‘lib o‘tmoqda. 

Ma’lumot uchun, yangi binoda senatorlar uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal tashkil etilgan. U milliy naqshlar bilan bezatilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

Shuningdek, yangi binoda delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing