Senat o‘simlik yog‘ini QQSdan ozod qilish haqidagi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Yuzaga kelgan ushbu holatda O‘zbekiston ichki bozorlarida o‘simlik yog‘i narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritilib, unga ko‘ra 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:

  • O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish hamda;
  • o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinmoqda.

Majlisda ta’kidlanishicha, kungaboqar urug‘i va yog‘i bo‘yicha tashqi bozorlarda shakllanayotgan salbiy baho ko‘rsatkichlar O‘zbekiston ichki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Buni mamlakat iste’mol bozorida o‘simlik yog‘iga bo‘lgan yillik o‘rtacha 460 ming tonna ehtiyojning taxminan yarmi import hisobidan qoplanishidan ham ko‘rsa bo‘ladi.

Qolaversa, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

  • kungaboqar va paxta urug‘lari, kungaboqar yog‘i va paxta yog‘i mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda;
  • mazkur Qonunning ma’qullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qat’iy monitoring o‘rnatilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘simlik yog‘ini QQSdan vaqtincha ozod qilish haqida qonun qabul qilib, Senatga yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing