Senat “Transport to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida “Transport to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, transport tizimining avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya, suv transporti tarmoqlari bir-biridan alohida, o‘z yo‘nalishida rivojlanib, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida qonun mavjud emas edi.

Ko‘rib chiqilayotgan qonun esa sohadagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda tarmoqdagi qonun hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida ishlaydigan, bir-birini to‘ldiradigan normalarni belgilaydi.

“Tashish shartnomasi va majburiyatlari bo‘yicha yuzaga keladigan javobgarlikni ta’minlash kabi iqtisodiy masalalarning hal etilishi orqali tijorat transporti faoliyatini rivojlantirish ham Qonunning asosiy maqsadlaridan biridir.

Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, transport faoliyati sub’ektlarining tengligi, davlat va transport faoliyati sub’ektlari manfaatlarining uyg‘unligi va javobgarligi kabi tamoyillar ham Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qonun tijorat asosida amalga oshiriladigan har qanday transport faoliyatini yuritishda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing