Senat korrupsionerlarga qarshi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi. Bu haqda bugun, 28 may kuni Oliy Majlis Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan, nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayoni kompleks huquqiy tartibga solinadi.

Qonun normalari faqatgina davlat reyestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vakolatlari belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishning huquqiy asoslari yaratilmoqda, ya’ni davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qat’iy belgilanmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida davlat xizmati sohasini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratiladi. Davlat xizmatchilarining toifasi, maqomi, malaka darajasi, ularga qo‘shimcha haq to‘lash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularning mas’uliyatini ham yanada oshirishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing