Senat konstitutsiyaviy qonunni ko‘rib chiqadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi joriy yilning 18 noyabr kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat Kengashi majlisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinadi. Jumladan, senatorlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni, “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar ham kun tartibi doirasida muhokama etiladi.

Bundan tashqari, “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar senatorlar e’tibor markazida bo‘ladi.

Shuningdek, “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktorining O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.

Senatorlar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqadi.

Shu bilan birga homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati hamda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama etiladi.

Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan hisobotini ham eshitish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing