Senat a’zolari soni qisqartirilmoqda

Jamiyat

image

Senat a’zolari soni 100 nafardan 65 nafarga, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari esa 7 nafardan 2 nafarga qisqartirilmoqda. Bu haqdagi yangi o‘zgarishlar Senatning 49-yalpi majlisida muhokama qilindi. 

Majlisda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilishicha, Oliy Majlis palatalari tomonidan o‘z faoliyatlarini tartibga soluvchi qonunlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda. 

Xususan, parlament palatalarining faoliyatidagi parallellikni va bir-birini takrorlovchi vakolatlari aniqlashtirilyapti, Senat a’zolari jami 100 nafardan 65 nafarga qisqartirilmoqda. Bunda, har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan senator saylanishi, 9 nafari Prezident tomonidan tayinlanishi belgilanmoqda.

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirildi. Bunda Spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilandi.  Bundan tashqari Qonunchilik palatasi va Senatning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati kiritildi. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o‘tkazilishi, Senatning yangi tarkibi esa, 1 oy mobaynida shakllantirilishi nazarda tutilyapti.

Senat a’zolari soni va qo‘mitalar nomlari, Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari soni va maqomini belgilovchi mazkur qoidalar 2024 yilning navbatdagi chaqiriqdagi Oliy Majlis palatalari ishi boshlanganidan amalga kiritilishi belgilandi. 

Muhokama yakunida ushbu qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senatning 49-yalpi majlisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar