Xavfsizlik sohasida yangi o‘yinchi

Biznes

Xavfsizlik har bir inson uchun hayotdagi eng ustuvor masalalardan biri. Uy va tijorat ob’ektidagi kuchli kuzatuv va nazorat har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Bunda esa albatta, kameralar hamda boshqa kuzatuv tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu paytgacha xavfsizligi yuqori darajada ta’minlangan, kuchli qo‘riqlov tizimiga ega bo‘lgan uy deganda odatda faqat badavlat insonlarning turar-joylari ko‘z oldingizga kelgani tabiiy. Chunki ishonchli kuzatuv tizimlari har doim yaxshigina mablag‘ talab qilgan.

Ammo endi O‘zbekistonga bunday ortiqcha sarf-xarajatga chek qo‘yadigan shu sohadagi yangi o‘yinchi kirib keldi. Bu – 7Tech Security. Kompaniya o‘zining IP-videokuzatuv kameralari, domofonlar, videodomofonlar va kirishni nazorat qilish tizimlari kabi 46 turdagi mahsulotlarini taklif qilyapti

7Tech Security uyingiz va biznes ob’ektingiz uchun tunu kun o‘ta ishonchli kuzatuv va xavfsizlikni taqdim qiladi. Bularning barchasi endi qulay narxlar, yuqori sifat va mukammal servisi bilan amalga oshiriladi.

Ushbu brend hozirda butun MDH davlatlari orasida faqat O‘zbekistonda mavjud. Shuningdek, 7Tech Security ni O‘zbekiston bozorida qolganlar bilan bemalol qila olishiga ishonilmoqda. Bunda unga yuqori sifat, adolatli narxlar va eng ilg‘or texnologiyalar bilan integratsiya qilingani qo‘l keladi.

Chunki 7Tech Security ning taqdimotida uning mahsulotlari sun’iy intellekt yordamida qolgan kameralardan ancha aqlliroq ekani, bir nechta funksiyalarni bajarishi tufayli bir vaqtda 10 ta kamerani o‘rnini bosa olishi ta”kidlandi.

Uning kameralari o‘zidagi aqlli funksiyalar orqali insonni hayvonda ajratgan holda, mulkingizga faqat begona odam kirib kelganda maxsus signal beradi. Yana bir qulay tomoni, 7Tech Security uyingiz va biznes ob’ektingiz uchun eshikdan kirishdagi domofondan tortib kameralargacha qamrab olgan. Ularni barchasini esa siz bir ilova orqali ko‘rib, boshqarib turishingiz mumkin.

“Xafvsiz uy” va “Xafvsiz ofis” bu —7Tech Security ning asosiy konsepsiyalaridir. Shunday ekan, tinchingiz va mulkingizni 7Tech Security bilan himoya qiling!

Shourum manzili: Arnasoy - 32-1

Instagram | Website

Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing