Sayyohlik tashkilotlariga qo‘yilgan talablar soddalashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sayyohlik tashkilotlariga qo‘yilgan talablarni soddalashtiriladi. Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizmga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bugungi kunda mehmonxona tashkil etish uchun 97 ta, “yulduz” olish uchun esa 138 ta talab mavjud.

“Agar turizm sohasida raqobat qilishni istasak, birinchi navbatda, mehmonxonalar sifatiga alohida e’tibor qaratishimiz zarur”, deydi Prezident.

Mehmonxonalar tashkil etish uchun talablarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish topshirilgan.

Turistlarni ichki ishlar idoralarida ro‘yxatga olish tizimi ham yengillashtirilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. 

“Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uchun talashayotgan paytda, bizdagi ortiqcha cheklovlarni hammasini qayta ko‘rib chiqish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan turizm va ichki ishlar vazirlariga  xorijiy turistlarni ichki ishlar idoralarida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat olishdan onlayn xabardor qilish tartibiga o‘tkazish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing