Saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda

Jamiyat

image

Yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan partiya belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda. Ekologik partiya fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.    

Mazkur loyiha Qonunchilik palatasiga saylovni aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional shaklda o‘tkazishni nazarda tutadi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bir qator yangiliklar kiritilgan. Masalan, yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan partiya belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda.

Agar hech qaysi partiya kamida yetti foiz ovozni to‘plamagan bo‘lsa, saylov o‘tmagan, deb topilishi nazarda tutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Saylovchilar deputatlik o'rinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar