Saylov natijalarini “original protokol”ga yozishni taqiqlagan mansabdor ustidan tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
566222 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari a’zolari saylovi ovoz berish jarayonlari tugagach, ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani hokimligi saylov komissiyasining tegishli saylov okruglari mas’ullari bilan Telegram’da tuzilgan guruhidagi yozuvlar e’lon qilindi. Unda Yashnobod tumani hokimiyati Kadrlar bo‘limi rahbari Qudrat Husanovga tegishli bo‘lgan va saylov okruglari mas’ullarini “chernovik” protokollari bilan aytilgan manzilga yetib kelishlarini talab qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazid va quyidagilarni ma’lum qilmoqda:
Bosh prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan okrug va uchastka saylov komissiyalariga Toshkent shahar Yashnobod tumanida ovozlarni sanab chiqish bo‘yicha yakuniy bayonnoma nusxasini to‘ldirish va bayonnoma nusxalarini hech kimga tarqatmaslik yuzasidan g‘ayriqonuniy ko‘rsatma berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar tekshirildi.
Tekshirishda, Yashnobod tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Q.Xusanov 22 dekabr kuni tumandagi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga noqonuniy aralashib, 30 ta uchastka saylov komissiyalari raislariga saylovdan keyin zudlik bilan saylov bayonnomalarining qoralama nusxalari bilan yetib kelishini hamda bayonnomalarning asl nusxalariga biron-bir yozuv kiritmaslik haqida noqonuniy ko‘rsatma berganligi aniqlandi”.
Bosh prokuraturaning qayd etishicha, mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi