Saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bekor qilinyapti

Jamiyat

image

Endilikda qonunlarimizda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Shirinov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga tushuntirish berayotib aytib o‘tdi. 

Uning qayd etishicha, bu fuqarolarning saylov huquqidan foydalanishdagi inqilobiy yangilik.

“Konstitutsiyamizga kiritilayotgan taklifga muvofiq, endilikda qonunlarimizda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi. Faqatgina sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin”, deydi Shirinov.

Yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar, ularning saylash huquqi sudning qarori bilan cheklangan bo‘lsagina ular saylovda ishtirok eta olishmaydi, boshqa har qanday vaqtda ular ham saylash huquqiga ega bo‘ladi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish va uning faoliyatiga oid konstitutsiyaviy normalar alohida yangi moddada aks ettirilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing