Video: Savdo markazida chiqqan yong‘inni o‘chirishga vertolyotlar jalb qilindi

Olam

Bugun, 26 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi “Diqlas” savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga FVV havo kuchlarining to‘rtta vertolyoti jalb qilingan.

Qutqaruvchilar binoga olib boruvchi barcha yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Haydarov yetib kelgan.

Bakuning Nizomiy tumanidagi savdo markazida yong‘in ertalab sodir bo‘lgan. Voqea joyiga oltita tez yordam mashinasi jalb qilingan va savdo markazi xodimlari evakuatsiya qilingan.

Yong‘in binoning barcha 4 qavatiga yoyilgan. Qayd etilishicha, savdo markazida 500 ga yaqin do‘kon bo‘lgan. Yong‘in keltirgan jam zarar 30 mln manat (17,6 mln dollar) ni tashkil qilishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish vaqtida FVV qutqaruvchisi jabrlangan. “Report” portali xabariga ko‘ra, bir nechta odam is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Baku

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing