4 yanvar kuni qanday ob-havo kutilyapti?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 4 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi -2..+3 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha soviydi, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha soviydi, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -8...-3 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

37

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing