Saudiyada Messi transferi uchun harakat kuchaydi

Sport

image

Saudiyaning “Al-Hilol“ klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “Mundo Deportivo“ nashri xabar berdi.

Klub hujumchiga yiliga 280 million yevro taklif qilishi mumkin. Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi, fransuzlar hozirda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Agar argentinalik futbolchi “Al-Hilol“ga o‘tishga rozi bo‘lsa, shartnomaning katta qismi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.

Saudiya Arabistoni futbol mutasaddilari Messining transferi va Krishtianu Ronalduning “Al Nasr“ga o‘tgani ligaga bo‘lgan qiziqishni oshishiga umid qilmoqda. Bu esa mamlakatning 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish imkoniyatini oshiradi. “Al-Hilol“ va “Al-Nasr“ Saudiya Arabistonining eng kuchli jamoalari hisoblanadi. Ushbu klublar to‘qnashuvi “Riyod derbisi“ deb ataladi.

Ma’lumot uchun, Messi Saudiya Arabistonining sayyohlik elchisi hisoblanadi. U 2022 yilning may oyida Saudiyada mehmon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing