Saudiyada al-Haram va an-Nabaviya masjidlarida ham namoz o‘qish to‘xtatildi

Olam

image

Kecha, 19 mart kuni Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun eng mo‘tabar bo‘lgan Makkadagi Masjid al-Haram va Madinadagi Masjid an-Nabaviyada ham vaqtincha namoz o‘qishni taqiqladi. Bu haqda “Al-Ixboriya” telekanali ma’lum qildi.

Taqiq bugun, 20 martdan kuchga kiradi va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘nglanmaguncha amal qiladi.

Joriy yilning 17 mart kuni Saudiya Arabistonida eng yirik ikki masjiddan boshqa barcha masjidlar yopilgandi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida bugungacha 274 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 8 nafari davolangan. Podshohlikda hozircha virusdan o‘lim holati kuzatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing