Saudiyada AQSH fuqarosi qatl qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistonida otasini bo‘g‘ib o‘ldirgan Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarosi qatl qilindi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, kecha, 16 avgust kuni Bishoy Sharif Naji Nasif ismli shaxsning boshi tanasidan judo qilingan. U otasini kaltaklab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shuningdek, u giyohvand moddalar ta’sirida otasining jasadini bo‘laklarga bo‘lgan, yetmaganiga padarkush o‘g‘il hibsga olinishidan oldin boshqa odamni ham o‘ldirishga uringan.

Xalqaro Amnesty statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2022 yilda mahkumlarni Xitoy va Erondan keyin dunyoda eng ko‘p qatl qiluvchi davlatlar qatoriga kirgan.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda qatl qilish bilan bog‘liq holatlar kamaygan, biroq yaqin yillarda ular anchayin ko‘paydi. Xususan, 2022 yilning mart oyida qirollikda 81 kishi qatl qilingan, bu mamlakat tarixida amalga oshirilgan eng yirik ommaviy qatlga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni qatl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing