Saudiya O‘zbekistonda dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasini quradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Energetika vazirligi, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi va Saudiya kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bo‘lgan uchta yirik kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bitimlar O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida imzolangan.

“Bitimlar ikki davlat o‘rtasida yoqilg‘i-energetika kompleksidagi hamkorlikni rivojlantirish platformasiga aylanishi ko‘zda tutilgan. Xususan, O‘zbekistonda yashil vodorod sektorini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik, jumladan Saudiya tomoni investitsiyalari ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda. 

Birinchi hujjat – ACWA Power kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1,5 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitim.

Ushbu loyiha nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi eng yirik shamol stansiyasiga aylanadi. Shamol stansiyasi quvvati 1,65 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 million tonna uglerod chiqindilari chiqishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Saudiya tomonining O‘zbekiston Respublikasi energetika kompleksiga yaqin 5 yilda 10 milliard dollar sarmoya kiritish niyatini bildiruvchi hujjat imzolangan. Uning doirasida qator istiqbolli yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular orasida:

•  qayta tiklanadigan energetika sohasida hamkorlikni davom ettirish – shamol va quyosh energiyasiga asoslangan ishlab chiqarish, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasining konsentrlangan loyihalari;

•  tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish loyihalari, xususan, gaz turbinalari asosidagi estrodiol elektr stansiyalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish;

•  tarmoq barqarorligini ta’minlash uchun elektr energiyasini saqlash va to‘plashning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan loyihalar, gidroelektr stansiyalari negizida saqlash stansiyalari uchun;

•  energetika sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va xizmatlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va qo‘shma ilmiy ishlanmalar sohasida hamkorlik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing