Saudiya shahzodasi uzuk bilan qirolni o‘ldirmoqchi bo‘lganlikda ayblanmoqda
Olam
−
25 Oktabr 2021
18349Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bir necha yil oldin o‘sha paytdagi qirol Abdulloh bin Abdulaziz Al Saudni bemalol o‘ldirishi mumkinligi bilan maqtangan edi. Bunday ayblov bilan Saudiya Arabistoni razvedkasining sobiq yuqori martabali xodimi Saad al-Jabri chiqmoqda, deya xabar berdi “The Washington Post” gazetasi.
Ta’kidlanishicha, 2014 yili o‘sha paytda mamlakat hukumatida katta rol o‘ynamagan shahzoda Rossiyadan keltirilgan zaharli uzuk bilan qirol Abdullohni o‘ldirishi mumkinligini aytgan.
“Buning uchun uning qo‘lini siqishim yetarli bo‘ladi va u tayyor”, degan shahzoda sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra.
Shu bilan birga, sobiq razvedka xodimi shahzoda bayonotini shaxsan eshitmaganini biroq, ushbu gapni Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistonining boshqa shahzodasi, o‘sha paytda qirollik razvedkasi boshlig‘i bo‘lgan Muhammad bin Naif bilan uchrashganda aytganini ta’kidlab, ushbu suhbat aks etgan videolavha hozir ham mavjudligini qo‘shimcha qilgan.
Qayd etish kerakki, qirol Abdulloh bin Abdulaziz Al Saud 2015 yilda pnevmoniyadan vafot etgan. Shundan beri qirollikni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning otasi Salmon bin Abdulaziz Al Saud boshqarib keladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida AQSH Milliy razvedkasi Muhammad bin Salmonni Istanbulda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘g‘irlash yoki o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani ma’qullaganlikda ayblagan hisobotini e’lon qilgandi. Bundan tashqari, huquq himoyachilari valiahd shahzoda siyosiy repressiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilishni tashkil qilmoqda, uning qo‘l ostidagi maxsus xizmatlar esa fuqarolarni noqonuniy kuzatish va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini buzish bilan shug‘ullanadi, deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, Saad al-Jabri 2000-yillar boshida Saudiya Arabistonida “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik guruhiga qarshi kurashga rahbarlik qilgan shahzoda Muhammad bin Naifning maslahatchisi bo‘lgan. Jabri Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlarining AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya xizmatlari bilan aloqalaridagi asosiy bo‘g‘in bo‘lgan. G‘arb razvedka manbalarining ta’kidlashicha, Saudiya razvedkachisi jangarilar fitnasini fosh qilib, yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan: u 2010 yilda Yamandan Chikagoga ketayotgan samolyotga bomba ortilganidan xabar topib, uni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi