Saudiya shahzodasi arablarning Isroilga qarshi urushga qo‘shilishi haqida gapirdi
Olam
−
10 dekabr 2023
31106Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon al-Saud arab davlatlarining g‘azoliklarga yordam berish uchun Isroilga qarshi harbiy aralashuvini istamasligini aytib o‘tdi. Bu haqda u "PBS NewsHou" telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
U arab davlatlari G‘azo mojarosiga harbiy aralashuvni Isroilning harbiy amaliyotlarini to‘xtatish chorasi sifatida ko‘rmaydi, deb hisoblaydi.
"Biz tahdid, zo‘ravonliklarga qarshi yana zo‘ravonlik bilan javob berishni istamaymiz. Vahshiylik yechim emas", degan u.
Shahzoda vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan.
"Biz ushbu mojarodan chiqish yo‘lini topishimiz kerak. Birinchi navbatda G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyatni hal qilishga imkon beradigan sulh tuzilishi kerak, deb o‘ylaymiz", degan shahzoda.
U AQSHning BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga veto qo‘yish qarori haqida izoh bildirar ekan: "G‘azodagi voqealar har qanday tarzda ham asossiz qirg‘indir”, degan va Isroilning o‘zini himoya qilish haqidagi bahonasi o‘zini oqlamasligiga ishora qilgan.
Shuningdek, shahzoda G‘azoda bolalarning qurbon bo‘layotganidan qayg‘uda ekanligini ham bildirib, harbiy kampaniyaning davom etishi barcha ishtirokchilar, shu jumladan Tel-Aviv manfaatlariga ham zarar keltirishini aytgan.
Avvalroq, HAMASga qarshi shiddatli urushda arab davlatlari Isroilni yashirincha bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi xabar bergan edik.
LiveBarchasi