Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatga Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini O‘zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabriklagan hamda uning mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilagan.

Suhbat chog‘ida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini o‘tkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirgan.

Shuningdek, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing