Saudiya Arabistoni mamlakatga kirish shartlarini o‘zgartirdi

Olam

image

Koronavirusga qarshi to‘liq emlashdan o‘tgan sayyohlik vizasi egalari endi Saudiya Arabistoniga hech qanday taqiqlarsiz kirishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Oxford/Astra Zeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna, Johnson and Johnson, Sinopharm yoki Sinovac vaksinalari bilan emlangan sayyohlarga mamlakatga kirishga ruxsat berdi. Biroq, ular qirollikda tasdiqlangan to‘rtta vaksinadan birining qo‘shimcha dozasini olishlari shart. 

Ta’kidlanishicha, ushbu yengillik “Sputnik V” bilan emlanganlarga taalluqli emas. Chunki bu vaksina mamlakatda tan olinmagan.

Bundan tashqari, barcha sayohatchilar 72 soat oldin olingan salbiy PZR-testi ma’lumotnomasini ko‘rsatishi shart.

Ma’lumot o‘rnida, turistik viza ega shaxslar Saudiya Arabistonida 90 kundan ortiq (amal qilish muddati 1 yil) bo‘lishi mumkin emas. Hujjatlar uchun konsullik yig‘imi taxminan 120 dollarni tashkil qiladi.                                                   

Avvalroq, Saudsiya Arabistoni hukumati joriy yilning 25 iyul kuni xorijliklarga 10 avgustdan boshlab Umra ziyoratiga ruxsat berishini ma’lum qilgan edi.  Unga ko‘ra ziyoratchilar Pfizer, Moderna, Johnson&Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan birining barcha dozasini olgan bo‘lishi yoki PZR-testning manfiy natijasi to‘g‘risidagi  ma’lumotnomasini ko‘rsatishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing