Saudiya Arabistoni FIFA'ga ariza berdi

Sport

image

Saudiya Arabistoni 2034 yilgi Jahon kubogi mezbonligi uchun ariza topshirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar o‘z arizasida “Birgalikda o‘samiz” shiorini qo‘llagan. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Misehalning so‘zlariga ko‘ra, shior qirollik, uning xalqi va jahon futboli o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi.

Saudiya Arabistoni Jahon chempionatini o‘tkazish uchun yagona nomzod bo‘lishiga qaramay, bu davlat FIFA qoidalariga ko‘ra rasmiy ariza topshirdi. Tashkilot kongressi bu yil Saudiya Arabistoni arizasini tasdiqlaydi.

Qayd etish joiz, Saudiya Arabistoni 2021 yildan beri sportga 5 milliard funt sterlingga yaqin sarmoya kiritdi.

Dastlab JCH-2034 mezbonligi Avstraliya favorit bo‘ladi, deb taxmin qilingandi, chunki bu qit’ada bunday miqyosdagi futbol turniri hech qachon o‘tkazilmagan. Avstraliya futbol federatsiyasi rahbariyati esa yakunda mamlakat Jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza bermasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Jahon kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing