Saudiya Arabistoni Falastinga birinchi elchisini tayinladi

Olam

image

Saudiya Arabistonining Iordaniyadagi diplomatik missiyasi rahbari Naif as-Sudeyriy podshohlikning Falastindagi norezident elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Ikki muqaddas masjid posbonining Iordaniyadagi elchisi Nayif as-Sudeyriy Falastin Prezidentining diplomatik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Majdi al-Xolidiyga Falastin Davlatidagi elchi va Quddus shahridagi bosh konsul sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi”, deyiladi TIV bayonotida. 

Shunday qilib, Al-Sudeyriy Saudiya Arabistoni manfaatlarini Falastinda himoya qilgan birinchi diplomatga aylandi. Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi Falastinning Ammandagi elchixonasi binosida bo‘lib o‘tdi.

Elchining tayinlanishi Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yuz berdi. “The Wall Street Journal”ning yozishicha, Vashington va Ar-Riyod Saudiya Arabistoni tomonidan Isroil davlatini tan olinishini nazarda tutuvchi kelishuv shartlari bo‘yicha umumiy ma’noda kelishib olgan. Buning evaziga falastinliklarga nisbatan imtiyozlar, AQSHdan xavfsizlik kafolatlari va tinch atom sohasida yordam taklif etilgan. Nashr manbalari ehtimoliy kelishuv tafsilotlari yaqin 9-12 oy ichida ochiqlanishini aytgan. 

Falastin esa Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi arab dunyosida uni qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirishi va mustaqil Falastin davlatini yaratish harakatlariga putur yetkazishi mumkinligidan xavotirda. Xususan, bunday xavotirlarni Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy ham bildirgan. O‘tgan haftada u Saudiya-Isroil munosabatlarini normallashtirish istiqbolidan xavotirda ekanligini va shuning uchun Ar-Riyod bilan hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing