Saudiya Arabistoni dunyodagi eng katta aeroportni qurmoqchi
Olam
−
10 dekabr 2022
10136Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Qirol Salmon” xalqaro aeroporti quriladi. Inshoot dunyodagi eng katta aeroport bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Dezee” internet sayti xabar berdi.
“Qirol Salmon” xalqaro aeroporti 12 000 kilometr kvadrat maydonni egallashi kutilmoqda. Shuningdek, aeroporti hududida dam olish maskanlari, savdo markazlari, bog‘lar, hatto turar-joy binolari ham loyihalashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, aeroport binolari Saudiya Arabistonining milliy hamda zamonaviy arxitekturasini o‘zida mujassam etadi. Arxitektorlarning fikricha, aeroport 2030 yilga borib 120 millionga yaqin odamni qabul qiladi.
“Yangi “Qirol Salmon” xalqaro aeroporti an’anaviy aeroportlardan tabiiy yorug‘lik, yashil hududlarning ko‘pligi, foydalanuvchilarga yuqori darajada xizmat qilishi orqali ajralib turadi. Biz loyihalashtirayotgan paytimizda avvalo mahalliy arxitekturaga ko‘proq e’tibor berdik. Zamonaviylashib borayotgan dunyo arxitekturasiga aynan shu narsa kerak deb o‘ylaymiz”, deydi loyihachi arxitekorlar jamoasining rahbari Lyuk Foks.
Ma’lumot uchun, aeroportning yana bir o‘ziga xos jihati qayta tiklanadigan energiyadan quvvatlanishidir. Katta inshootni energiya bilan ta’minlash uchun aeroport bo‘ylab quyosh panellari joylashtiriladi.
Avvalroq, Birlashgan Arab Amirligi 2023 yilda dunyodagi eng katta akvarium ochishi haqida aytib o‘tgan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi