Saudiya Arabistoni BRICS bankiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda – FT

Olam

image

Ar-Riyod BRICS'ning Yangi taraqqiyot bankiga to‘qqizinchi a’zo sifatida qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri tashkilotning unga taqdim etilgan bayonotiga asoslanib xabar berdi.

“Yaqin Sharqda biz Saudiya Arabistoniga katta ahamiyat beramiz va hozirda ular bilan malakali muloqot olib bormoqdamiz”, deydi bank rasmiylari gazetaga.

Nashrning qayd etishicha, mamlakatning qo‘shilishi Ar-Riyodning BRICS davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlaydi.

Yangi taraqqiyot banki BRICS mamlakatlari tomonidan 2014 yil iyul oyida Fortaleza shahri (Braziliya)da bo‘lib o‘tgan VI BRICS sammitida imzolangan hukumatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan.

Bank faoliyatining maqsadi BRICS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalari va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.

2021 yilda bank Bangladesh, Misr, BAA va Urugvayning bank faoliyatida ishtirok etuvchi yangi davlatlar sifatida qabul qilinishini ma’qullagan. Urugvaydan tashqari barcha davlatlar zaruriy tartib-qoidalar bajarilgandan so‘ng rasman bank a’zosi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, BRICS davlatlariga Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Afrika kiradi. Shuningdek, avvalroq 19 ta davlat BRICS guruhiga qo‘shilish niyatini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing