Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
02 Oktabr 2021
4724Saudiya Arabistoni 70 yoshdan oshgan va 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 70 yoshdan oshgan va koronavirusga qarshi vaksinaning ikkita dozasini qabul qilgan shaxslar Haj va Umra ziyoratini ado etishlari mumkin.
Shuningdek, 12-17 yosh oralig‘ida bo‘lgan, koronavirusga qarshi emlangan bolalarga ham Umra ziyoratiga ruxsat berilgan. Koronavirusdan tuzalgan, biroq hali vaksina olishga ulgurmaganlar ham shular jumlasidan.
Bungacha bunday imkoniyat faqatgina 18-70 yosh oralig‘ida bo‘lganlarda bor edi.
Ma’lumot uchun, Umra yilning istalgan vaqtida bajarilishi mumkin.
Umra musulmonlar uchun Hajdan keyingi ikkinchi muqaddas diniy ibodat hisoblanadi. Haj ziyorati narxi ancha yuqoriligi va navbat ham kattaligi sababli Umraga borish istagida bo‘lgan talabgorlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Pandemiya tufayli Saudiya Arabistoni Umra ziyoratini bir necha oyga to‘xtatib qo‘ygandi. Avvaliga mamlakat fuqarolarining, o‘tgan yilning 1 noyabridan esa xorijliklarning Umra qilishiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi