Saudiya Arabistoni Haj ziyorati qanday o‘tkazilishini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratiga ruxsat berishni niyat qilmoqda, deb xabar beradi Saudiya Arabistoni matbuot agentligi. Biroq, tadbirlar koronavirus pandemiyasiga qarshi maxsus sharoitlarda o‘tkaziladi.

Agentlikning qayd etishicha, Hajga oid tadbirlar xavfsiz muhitda o‘tkaziladi, chunki inson salomatligi va xavfsizligi qirollikda birinchi o‘rinda turadi.

Xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining sanitariya idoralari vaziyatni baholashda davom etmoqda. Haj haqida batafsil ma’lumot va COVID-19 tarqalishini nazorat qilish choralari haqida keyinroq ma’lum qilinadi.

Joriy yilda Haj ziyorati 17-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi, Umra esa yilning qolgan qismida bajarilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Haj masalalari bo‘yicha vazirligi mamlakat Hukumati Ramazon oyida COVID-19 ga qarshi emlangan ziyoratchilar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish – Umra ziyoratiga ruxsat berishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

250

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing